tg-me.com/pythonuz/574
Last Update:
Ⓜ️ Modullar
Pythonda uchta asosiy modul mavjud:
1) o'zingiz yozgan,
2) tashqi manbalardan o'rnatilgan
3) Python bilan oldindan o'rnatilgan modullar.
Python bilan oldindan o'rnatilgan modullar ro'yxati string, re, datetime, math, random, os, multiprocessing, subprocess, socket, email, json, doctest, unittest, pdb, argparse va sys
Modul bu loyiha ichidagi class, funksiya va o'zgaruvchilardan tashkil topgan alohida fayl bo'lib dastur kodini tushunarli va ixchamlashtirish uchun xizmat qiladi.
C/C++ dasturlash tilida yozilgan kod fayllarini ham python dasturiga chaqirib olish mumkin.
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib dasturning asosiy kod bolaklarini main.py faylida ma'lumotlar ombori bilan ishlash qismini baza.py faylida saqlayman. baza nomli moduldagi elementlarni main.py fayli ichida quyidagi ko'rinishda chaqiramiz. #baza.py
NameError: name 'number' is not defined
satr = 'Moduldagi satr'
number = 7
lugat = {1: 2}
# main.py
from baza import satr
print(satr)
print(number )
Moduldagi satr
Ushbu kodda number nom xatosi kelib chiqdi buni tuzatish uchun main.py faylidagi kodga o'zgartirish kiritamiz.# main.py
Moduldagi satr
from baza import satr, number
print(satr)
print(number)
7
Moduldan chaqiriladigan elementlar ko'p bo'lganda ushbu usullardan foydalanishingiz mumkin.
1-usul importdan keyin 1 dona ko'paytiruv belgisidan foydalanib# main.py
Moduldagi satr
from baza import *
print(satr)
print(number)
7
2-usul modul nomi 1 ta nuqta va undan keyin funksiya yoki o'zgaruvchilarni nomini yozish orqali# main.py
Moduldagi satr
import baza
print(baza.satr)
print(baza.number)
7
Modullar nomi uzun bo'lganda as
operatoridan foydalanib modulga qisqa nom berish mumkin.# main.py
Moduldagi satr
import baza as ba
print(ba.satr)
print(ba.number)
7
@pythonuz
BY Python dasturlash maktabi
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/pythonuz/574